7 Fevral 2024 yil 529

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida davra suhbati o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida davra suhbati o‘tkazildi

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni salbiy taʼsirlardan saqlash, eng xavfli jinoyatlardan biri hisoblangan giyohvandlik illatiga qarshi kurash, ayniqsa oʻsib kelayotgan yosh avlodni bu illat domiga tushib qolishlarini oldini olish oldimizda turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Universitet “Faollar zali”da Samarqand viloyati IIB jamoat xavfsizlik xizmat, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Z. Tolibov, Samarqand viloyati IIB jamoat xavfsizlik xizmati, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinologiya boʻlim boshligʻi, podpolkovnik Oʻ. Berdiyevlarning talaba-yoshlar bilan oʻtkazgan davra suhbati shu haqida boʻldi.

Soʻzga chiqqanlar albatta mana shunday tadbirlar, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqidagi tushuntirish-targʻibot ishlarining koʻplab oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligini taʼkidlashdi.

Text to speech