31 Mart 2023 yil 538

Samarqand shahrida tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, davlatga 3 milliardga yaqin zarar yetkazgan MCHJ aniqlandi

Samarqand viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan “Hududgaztaʻminot” viloyati filiali xodimlarini jalb qilgan holda, Samarqand viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va chek qoʻyish maqsadida oʻtkazgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Samarqand shahar Paxtaobod koʻchasida yashovchi, “S.B.” MCHJ rahbari T.R., oʻzining MCHJsiga tegishli boʻlgan, Ozod Sharq koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyda tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda ulanib, davlatga 2 milliard 840 million soʻm zarar yetkazganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech