9 Dekabr 2021 yil 514

“Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida ketayotgan avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, yoʻlovchilar orasida qidiruvdagi shaxs borligi aniqlandi

Samarqand viloyati Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi M-39-avtomobil yoʻlida joylashgan “Yuqori Nuqta” muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlari tomonidan “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan, “Yutong” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda, yoʻlovchilar orasida bir nechta jinoyatlarni (oʻgʻrilik, bosqinchilik) sodir qilib, huquq tartibot organlaridan yashirinib, qidiruvda boʻlgan, Kattaqoʻrgʻon shahar Mashrab koʻchasida yashovchi fuqaro X.F. borligi aniqlanib, qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech