31 May 2025 yil
646
Samarqand tuman Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshligʻi o'rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig`i polkovnik Komiljon Gaffarov tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabulda, 23 nafar shaxslarning tergov va surishtiruv masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida har bir murojaatni qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.