Samarqand viloyat IIBda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi barcha jyolarda boʻlgani kabi Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ham keng nishonlandi.
Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbar xodimlari, shaxsiy tarkibi va boshqarmaning sohaviy xizmat vakillari, faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning bayram tabrigini tadbir ishtirokchilariga yetkazib, yurtimizda soʻnggi yillarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan gʻoya asosida, aniq maqsadga qaratilgan manzilli ishlar olib borilishi natijasida, bugungi kunda ichki ishlar organlari tizimini fuqarolarga oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatadigan, har bir xodim Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishni – oliy burchi deb biladigan, barcha saʼy-harakatlarini inson qadri uchun yoʻnaltirgan professional tuzilmaga aylanganligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng, sadoqatli xizmatlari uchun Prezidentimiz farmoniga asosan mukofotlanganlar shuningdek, Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan taqdirlanganlarga mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishdagi sadoqatli xizmatlari uchun Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni boʻlinma komandiri Umirzakov Dilshod Davronovich “SHUHRAT” medali bilan bilan taqdirlandi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan 13 nafar xodimlar Prezidentimiz farmoniga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining buyrugʻiga asosan el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida koʻp yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish borasidagi samarali mehnatlari uchun bir guruh xodimlar ham “Aʼlo xizmatlari uchun”, Ichki ishlar vazirligining birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari hamda vazirlikning “Faxriy yorligʻi” va qoʻl soatlari bilan taqdirlandilar.
Berilgan mazkur unvon va mukofotlar tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning oʻz kasbiga mehrini oshirib, yanada gʻayrat va shijoat bilan mehnat qilishga, yurtiga, Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi. Yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun xizmat qilishning mashaqqatli va sharafli tomonlari ham soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati