29 May 2023 yil 1248

Samarqand viloyati IIB boshligʼi polkovnik R.Mamatov huzurida viloyat hududidagi kriminogen vaziyat, xodimlar oʼrtasidagi xizmat intizomi, aholi murojaatlari bilan ishlash ahvoli hamda qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi

Samarqand viloyati IIB boshligʼi polkovnik R.Mamatov huzurida viloyat hududidagi kriminogen vaziyat, xodimlar oʼrtasidagi xizmat intizomi, aholi murojaatlari bilan ishlash ahvoli hamda qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Unda boshqarma boshligʼi oʼrinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi. Kun tartibidagi joriy yilning oʼtgan davri mobaynida viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar hamda shaxsiy tarkib oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish borasidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi hamda Boshqarma boshligʼining tegishli buyruqlari bilan yangi lavozimga tayinlangan xodimlar tanishtirildi.

Viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi komandiri lavozimida ishlab kelgan Xusniddin Qurbonov Ichki ishlar vazirligining tegishli lavozimiga, Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan Jonibek Davronov IIV Samarqand akademik litseyi direktori lavozimiga hamda ularning oʼrniga tayinlangan xodimlar tantanali tanishtirildi.

Bundan tashqari, muqaddam ichki ishlar organlarida xizmati qilib, turli sabablarga koʼra ishdan boʼshatilgan 7 nafar xodimlar, Ichki ishlar vaziri tomonidan xizmatga qayta tiklangan edi.

Boshqarma boshligʼi mazkur xodimlarni ham tabriklab, vatanga va xaqqa sadoqat bilan xizmat qilish, xalq manfaatlarini har narsadan ustun qoʼyish lozimligi toʼgʼrisida yoʼriqnomalar berdi.

Text to speech