13 Oktyabr 2021 yil 793

Samarqand viloyati IIB boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli Urgut tumanida o`tkazildi

13 oktabr kuni Urgut tumanining 3-sektori binosida viloyat IIB boshlig'i tomonidan fuqarolarning muammo va murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o`tkazildi.

O'tkazilgan qabulda 30 ga yaqin fuqarolardan turli masalalarda bildirgan muammolari o'rganildi.

Har bir murojaat atroflicha o'rganilib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga murojaatlarni o'z vaqtida, adolatli va xolis ko'rib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Ijrosi nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlarning oʻtkazilishi aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash, eng muhimi muammolarni ijobiy hal etish orqali xalqni rozi qilish uchun xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech