6 Yanvar 2022 yil 364

Samarqand viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosarlari shahar-tuman IIBlari hamda tayanch punktlariga amaliy yordam ko`rsatishmoqda

Samarqand viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosarlari tomonidan viloyatning barcha shahar-tumanlari IIBlari hamda tayanch punktlarida amalga oshirilayotgan ishlar, yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar, xodimlarning yurituvida bo`lgan hujjatlar o`rganilib ularga amaliy yordamlar ko`rsatilmoqda.

Rahbarlar tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar quyi tizimda hodimlarga amaliy yordam ko`rsatish bilan bir qatorda, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlarni ham belgilab bermoqda.

Bundan tashqari, har bir tergovchi va surishtiruvchilarning ish yurituvidagi jinoyat ishlari oʻrganilmoqda.

Hozirda “qizil toifaga” kirgan shahar-tumanlardagi mahallalarda mahalla raislari, faollar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar berilmoqda.

Bundan tashqari, xodimlarga tungi xizmat oldi yo`riqnomalari ham shaxsan viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosarlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech