10 Yanvar 2022 yil 1221

Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyatining oldi olindi

2022-yil 07-yanvar kuni Samarqand viloyat IIB boshligʻi nomiga fuqaro S. ariza bilan murojaat qilib, unda Samarqand shahrida yashovchi N.A. ismli shaxs “M” va “Sh” ismli qizlarni Turkiya davlatiga foxishalikka yuborishini aytib, ulardan 3.500 AQSH dollari miqdorida pul soʻraganini maʼlum qilib, N.A. ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Ariza yuzasidan 08-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toyloq tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazilib, Samarqand shahar “Shota Rustaveli” koʻchasida yashovchi N.A. ismli shaxs “M” va “Sh” ismli qizlarni Turkiya davlatiga foxishalikka yuborish uchun kelishilgan 3.500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekistonning Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech