11 Sentyabr 2021 yil 846

Samarqand viloyati IIBda “El-yurt osoyishtaligi generallari” kitobining targʻiboti oʻtkazildi

Samarqand viloyati IIBda navbtdagi maʼnaviyat va maʼrifat soati oʻtkazildi.

Tadbirda Boshqarma Maʼnaviyiy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbariyati, ichki ishlar organlarining farxriylari, professor va oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda “El-yurt osoyishtaligi generallari” kitobining targʻiboti oʻtkazildi. Soʻzga chiqqanlar, chop etilgan ushbu kitobning mohiyati, xodimlar xizmatida tutadigan oʻrni, ichki ishlar organlari xodimlarida koʻp yillar samarali faolit yuritgan, turli murakkab davrlar, qaltis vaziyatlarda ham oʻz jonini ayamasdan, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan fidoyi xodimlarning ibratli hayoti va faoliyati haqida toʻxtalib oʻttilar.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech