Samarqand viloyatining 3-sektoriga qarashli Urgut tumanida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan koʼrgazmali tadbir oʼtkazildi
Urgut tumanining markaziy istirohat bogʼida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan koʼrgazmali tadbir oʼtkazildi.
Ushbu tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan boʼlib, unda oʼsib kelayotgan yosh avlodning qiziqishini yanada oshirish maqsadida, maxsus texnika va qurol aslahalari koʼrgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʼrinbosari general-mayor Shuxrat Sobirov ham ishtirok etdi.
Xodimlar tomonidan yoshlarga texnika va qurol-aslahalar namoyish etilib, ularga jinoyat va huquqbuzarliklarning salbiy va ogʼir oqibatlari haqida tushunchalar berildi.
Unda ichki ishlar xodimlari oʼz bilim va tajribalarini oʼquvchilar bilan oʼrtoqlashdi. Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadining maxsus texnikalari va qurol-yarogʼlarini yoshlar qiziqish bilan tomosha qildi. Shuningdek, xodimlar tomonidan koʼrsatib berilgan turli jangovor chiqishlarni yigʼilganlar katta qiziqish va zoʼr hayajon bilan kutib olishdi.
Shuningdek, Vatanni, ota-ona va insoniylikni targʼib etuvchi kuy-qoʼshiqlar ijro etilib, ular yoshlardagi ijobiy tuygʼularni chuqur va teranroq shakllanishida alohida ahamiyat kasb etdi.
Bu kabi tadbirlar oʼquvchilarning vatanparvarlik tuygʼularini yanada oshirib, kelajakda komil inson boʼlib yetishishida xizmat qilishi shubhasiz.