Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Pastdarg‘om tumanida o‘rganishlar olib bordi
Bugun barcha sohadagi rahbarlar joylarda aholining muammolarini o‘rganish barobarida, xalq bilan yanada yaqinlashib, mavjud masala va kamchiliklarni bartaraf etishning aniq tahlili yaratildi.
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, hududdagi kirminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Dastlab tumanning “Olti qahramon” mahallasida “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. “Mahalla beshligi” bilan o‘zaro muloqot doirasida hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish, faoliyatda aniq rejalar ishlab chiqish, muammolarni xonadonbay o‘rganish, loqaydlikdan yiroq bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, “xonadonbay” ishlar tashkil qilinib, fuqarolarning muammolari xonadonma-xonadon o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Boshqarma boshlig‘i tumandagi “Go‘zalkent yoshlar bog‘ida” ham bo‘lib, u yerdagi obodonlantirish ishlarining ahvoli, aholiga yaratilgan sharoitlarni ham o‘rgandi. Ayrim mam’ullarning e’tiborsizligi sabab bu yerdagi obodonlashtirish ishlarining ahvoli qoniqarsizligi tanqid ostiga olinib, ularni qisqa fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Bu kabi o‘rganishlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.