Samarqand viloyat IIB va Samarqand shahar hokimligi hamkorligida men kuchli ayolman loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi
Unda ijtimoiy daftarlarga ro‘yxatga olingan, jismoniy va ruhiy tazyiq, zo‘ravonlikka uchragan ayollar ishtirok etdi. Tadbirda motivatsion uchrashuvlar, huquqiy maslahatlar va psixologik treninglar tashkil etilib, bu tushkunlikka tushib qolgan ayollarning o‘ziga ishonchini oshirishga, maqsadlari sari harakat qilishga da’vat etdi.
Loyihadan maqsad ayollarga ma’naviy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishdan iborat. Tushkunlikka tushib, hayotdan umidi uzilgan ayollar bu yo‘ldan qanday chiqqani, bugun jamiyatda ham, oilasida ham o‘z o‘rnini topib farovon yashayotgani to‘g‘risida gapirib berishgani e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Bu kabi tashabbuslar zo‘ravonlikka uchragan ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish va ularni hayotda yanada qat’iyroq bo‘lishga ilhomlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Men kuchli ayolman loyihasi Samarqandda ayollar xavfsizligi va himoyasini ta’minlash, jamiyatda zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda ishonch manbai bo‘ldi.