1 Fevral 2025 yil
1774
Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Urgut tumani Mo‘minobod mahallasida “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Urgut tumanining Mo‘minobod mahallasida “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyillari asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi.
Muhokamada, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, aholining ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini oshirish uchun ko‘mak ko‘rsatish, hududdagi barqarorlik va tinchlikni ta’minlash, shuningdek ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash, mahallada toza va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Mas’ullarga ushbu ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish, fuqarolar bilan yaqindan ishlash va barcha ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.