11 Iyun 2024 yil 1053

Samarqand viloyati 3-sektori tomonidan aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan Urgut tumanining Kenagas mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Samarqand viloyati 3-sektori tomonidan aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan Urgut tumanining Kenagas mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarga barham berish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal qilish, shuningdek xalqni rozi qilishdek ezgu ishlarni amalga oshirishga bosh maqsad sifatida qaraldi.

Qabul jarayonlarida fuqarolardan kelib tushgan 20 dan ortiq murojaatlar Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Muzaffar Rahmatullayev tomonidan o‘rganib chiqildi va ularning ijobiy hal etilishi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Har bir murojaatchining fikri tinglanib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga o‘z vaqtida, adolatli va vijdonan o‘rganib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, birinchi marotaba pasport olayotgan bir guruh yoshlarga ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech