11 Iyul 2025 yil 185

Samarqand viloyati bo‘ylab “Xavfsiz oila – farovon hayot” maxsus-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 9-iyul kuni Samarqand viloyati miqyosida “Xavfsiz oila – farovon hayot” maxsus-profilaktik tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida viloyat hokimi hamda viloyat IIB boshlig‘ining qo‘shma qarori qabul qilindi.

Mazkur qo‘shma qarorga asosan viloyat IIBda ishchi guruhi tashkil etilib, bu borada mas’ul xodimlar tomonidan manzilli ishlar boshlandi. Ishchi guruhi tomonidan viloyatning shahar-tumanlarida “Xonadonbay” ishlash tizimi asosida ishlar olib borilmoqda. 

 Samarqand tumanidagi o‘rganishlar davomida oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazmoqda.

Tadbirlar davomida mahallalar, qishloqlar, ko‘chalar kesimida o‘rganishlar olib borilib, ayrim notinch oilalarning uylariga xonadonma-xonadon kirib chiqilmoqda.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligi, ularni doimiy ish bilan ta’minlash masalalari ham ishchi guruhining diqqat markazida bo‘ldi. Band bo‘lgan ayollarning ish joylariga borilib, u yerdagi mehnat sharoitlari ham o‘rganilmoqda.


Text to speech