Samarqand viloyati bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha tungi xizmat yo‘riqnomasi o‘tkazildi
Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqandda ham “Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublika hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida IIVning 255-sonli hamda Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining 71-sonli farmoyishlari qabul qilindi. Yuqoridagilarni inobatga olib, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi joriy yilning 15-iyulidan 15-avgust kuniga qadar o‘tkaziladi.
Samarqandda mazkur keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida viloyat IIB va viloyatdagi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy maydonida tungi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Raxmat Mamatov tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga xizmatda foydalaniladigan kerakli tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda tungi xizmatni o‘tash uchun belgilangan manzillar tomon jo‘nab ketishdi.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.