25 Mart 2025 yil
860
Samarqand viloyati hududida xavfsiz muhitni yaratish masalalari viloyat IIB rahbariyati hamda hamkor tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi
Viloyat IB rahbariyati va hamkor tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qaroriga asosan tasdiqlangan yo‘l xaritalari ijrosini to‘liq ta’minlash hamda bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, viloyat hududida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yirik ommaviy va siyosiy tadbirlar davomida, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.