11 Sentyabr 2023 yil 615

Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi

Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 10-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 10-aprel kunidagi 186-sonli buyrug‘iga muvofiq, ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ushbu sohada xizmat qilib kelayotgan eng yahshi murabbiy xodimlarni aniqlash maqsadida xodimlar bir necha shartlar bo‘yicha bellashishdi.

Dastlab ularning jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazilib, 100 hamda 3000 metr masofaga yugurish, to‘sinda tortinib, o‘zining nechog‘liq mahoratli ekanliklarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.

Shuningdek, xodimlar o‘zining aqliy salohiyatini test sinovlari hamda yakuniy suhbat orqali yana bir bor namoyish etishdi.

Tanlovning yakuniy natijasiga koʻra, 3-oʻrinni Samarqand viloyati IIB PPXB 3-otryadi komandiri kapitan Odiljon Narzullaev, 2-oʻrinni Qo‘shrabot tumani IIB profilaktika katta inspektori kapitan Xasan Ashirov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1-o‘rinni Nurobod tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi boshlig‘i kapitan Nozim Oripov egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlarga Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining diplom va еsdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech