3 Iyul 2025 yil 128

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bolalar yozgi dam olish oromgohlarida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda

Qoʻshchinor bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi  xodimlari tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Ushbu uchrashuv davomida bolalarga huquq-tartibot idoralari faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tashkil etilgan musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bolajonlarga esdalik sog‘alari topshirildi.

Bolalar o‘zlarini kuchli, intizomli va jasur bo‘lishga undovchi hayotiy saboqlar oldilar.


Text to speech