31 Iyul 2025 yil 1797

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan “qizil” toifadagi mahallalarda o‘rganishlar olib borilmoqda

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov tomonidan viloyatning tuman va shaharlarida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Payariq, Toyloq va Bulung‘ur tumanlarida manzilli o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida, mahallalarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, janjalli va ajrim yoqasidagi oilalar bilan muntazam ishlash borasida topshiriqlar berildi.

Mahalla yettiligining xalq bilan yonma-yon xizmat olib borishi, hududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning dard-u tashvishi bilan qiziqishi lozimligi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati 


Text to speech