10 May 2025 yil
968
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida mutaxassislar tomonidan mavzuga oid ma’lumotlar hamda rahbariyat tomonidan e’lon va yangiliklar xodimlar e’tiboriga yetkazildi.
Shuningdek, yangi qabul qilingan sohaga oid normativ-huquqiy va ichki idoraviy hujjatlar bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidian batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, viloyat IIB Jismoniy va jangovar tayyorlik bo‘limi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-23-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Dars yakunida, yangi lavozimga tayinlangan xodimlar shaxsiy tarkibga tanishtirildi.