Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning muammolari va murojaatlarini eshitish, ularni joyida hal etish orqali davlat organlariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash maqsadida Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan ochiq qabullar davom etmoqda.
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripov tomonidan o‘tkazilgan qabul davomida viloyatning tuman va shaharlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalar qatorida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ishsizlik muammolari va boshqa muhim ijtimoiy masalalar alohida o‘rin tutdi.
Shuningdek, qabul davomida fuqarolar oilaviy nizolar, firibgarlik holatlari, mulkiy nizolar, fuqarolik-huquqiy masalalar hamda mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash borasida o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
Har bir murojaat atroflicha eshitilib, yechimini topish maqsadida tegishli sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Mazkur ochiq qabullar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning ehtiyoj va muammolariga befarq bo‘lmaslik tamoyili asosida davom ettiriladi.