16 Iyun 2025 yil 1045

Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimalar uchun psixologik seminar-trening o‘tkazildi

Sohada xodimlarning kasbiy tajriba va bilimlarini boyitib borish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 

Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan ayol xodimalarning xizmatga moslashishini axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvatlash, ekstremal va favqulotda vaziyatlarda qo‘rquvga tushmasdan fuqarolar bilan to‘g‘ri psixologik aloqalar o‘rnatish, oilada hamda ishda o‘rni oshirish ishchanlik kayfiyatlarini shakllantirish maqsadida psixologik  seminar-trening o‘tkazildi. 

Unda  xodimlarga xizmat faoliyati davomida zaruriy ko‘nikma va tavsiyalar aniq misollar orqali tushuntirildi.  

Tizimli ish va ruhiy salomatlik, stressni tan olish va unga qarshi kurash usullari, bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil etish, tinglash va tushunish madaniyati mavzulari atroflicha tushuntirildi. 

Trening ishtirokchilari o‘zaro kasbiy tajribalari  bilan ham o‘rtoqlashdilar. 

Amaliy seminar ayol xodimalarning ichki ishlar organlarida samarali xizmat faoliyatini olib borish borasidagi bilimlarini yanada boyitishga va buni amaliyotga tatbiq etib, soha taraqqiyoti yo‘lida faoliyat ko‘rsatishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 


Text to speech