20 Aprel 2025 yil 187

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi


Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar ichki ishlar organlariga ishga kirish, pul oldi-berdisi, kiberjinoyatlardan jabrlanganlik, xizmatga qayt tiklash va boshqa masalalarda murojaat qilishdi.

Har bir murojaat belgilangan tartibda qabul qilinib, ijrosi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, yechimi muddat talab etadigan bog‘liq qator murojaatlar ijrochilarga biriktirilib, atroflicha o‘rganilib chiqilishi yuzasidan murojaat mualliflariga tushuntirishlar berildi.

Text to speech