Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Yoshlar parlamenti faollari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
"Yoshlar oyligi" doirasida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tashabbusi va Samarqand viloyati IIB hamkorligida Yoshlar parlamenti faollar jamoasi hamda yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi – yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, yoshlar va huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi ochiq muloqotni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni samarali olib borish yo‘nalishlarida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminar davomida ochiq muloqot tarzida savol-javoblar tashkil etilib, yoshlarni qiziqtirgan mavzular muhokama qilindi.