23 Mart 2025 yil
1169
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida, har haftaning yakshanba kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etiladi.
Navbatdagi qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari yuzma-yuz tinglandi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib qonun doirasida hal etilishi yuzasidan ma’s’ullarga topshiriqlar berilib, ayrimlarining huquqiy yechimi yuzma-yuz muloqot doirasida tushuntirildi.