Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida matbuot va OAV vakillari ishtirokida press-tur o‘tkazildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlarining faoliyatida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Viloyat IIB tomonidan tashkil etilgan press-turda bu alohida e’tirof etildi.
Matbuot va OAV vakillari ishtirokida “Yangi tashkil etilgan bo‘linmalar” mavzusida o‘tkazilgan press turning dastlabki manzili viloyat IIB JXX YHXB Ma’muriy amaliyot markazi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat IIB JXX YHXB Ma’muriy amaliyot markazi tashkil etildi. Ma’muriy amaliyot markazi Yagona darcha, eksterritoriallik va Open Space tamoyillari asosida xizmat olib boradi.
Qayd etildki, hozirgi kunda Ma’muriy amaliyot markazida 10 nafar ofitser, 20 nafar serjant, 5 nafar safdor tarkibi hamda 12 nafar erkin yollangan ishchilarni tashkil etadi. Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish, ma’muriy qarorlar ijrosini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash, axborot texnologiyalar hamda tuman shaharlarga xizmat ko‘rsatish guruhlari tashkil etilgan.
Bundan tashqari markazda “Call centr” tezkor aloqa tarmog‘i ham ishga tushirilgan bo‘lib, bunda ham fuqarolarning murojaatlariga ijobiy yechimlar berib borilmoqda.
Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari Samarqand shahar Mustaqillik mahallasidagi 1-sonli huquq-tartibot maskani faoliyati bilan tanishishdi. Hududdagi 6 ta mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi ushbu “Huquq tartibot maskani” yurtdoshlarimiz xotirjamligi va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi va u shinam, zamonaviy, qolaversa bugungi davr talablariga to‘liq javob bera oladigan tarzda bunyod etilgan.
Press tur doirasidagi tadbirlar viloyat IIB Tezkor boshqaruv markazida davom etdi. Unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi. 2018-yilda tashkil etilgan mazkur markazda viloyatdagi jami 1385 ta ob’ekt kuzatuvga olingan. 2766 ta kuzatuv kameralari markazga integratsiya qilingan. Jurnalistlar bu yerdagi 102 xizmati faoliyati, uning afzalligi, imkoniyatlari haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishdi. Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, kiberfiribgarlikdan himoyalanish xususida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.