Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida mutaxassislar tomonidan mavzuga oid ma’lumotlar hamda rahbariyat tomonidan e’lon va yangiliklar xodimlar e’tiboriga yetkazildi.
Shuningdek, yangi qabul qilingan sohaga oid normativ-huquqiy va ichki idoraviy hujjatlar bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, viloyat IIB Jismoniy va jangovar tayyorlik bo‘limi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-23-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Dars yakunida, uzoq yillar tizimda samarali xizmat olib borgan xodimlar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi hamda yangi lavozimga tayinlangan xodimlar shaxsiy tarkibga tanishtirildi.