7 Mart 2025 yil 2180

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

NAFOSAT VA GO‘ZALLIK SIZDAN BOShLANAR

Kumush qishning sovuq kunlari ortda qolib, zumrad fasl ko‘klam kirib keldi. Xotin-qizlar bayrami aynan bahorning ilk  shodiyonasi sifatida nishonlanishida o‘zgacha ramziy ma’no bor. Go‘zallik va nafosat, mehru-muhabbat ramzi, oila va jamiyatning ko‘rki bo‘lgan ayollarimiz har qancha e’zozga munosib.

Bugun har bir sohada xotin-qizlarimizning faolligi ortmoqda. O‘zbek ayollarining fidokorligi, iste’dodi, malakasi haqiqiy faoliyatga aylanmoqda. Ayol ma’naviy kamolotining yetukligi uning mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati, sabr-qanoatining kuchliligi, matonati bilan bog‘liqdir. Bu fazilatlarning ayol qalbida hamohangligi ularning millat va jamiyat ko‘rki ekanligini namoyon etadi. 

Aziz va muhtarama xotin-qizlar, Sizlarni “8-mart - Xotin-qizlar kuni” bayrami bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi nomidan samimiy muborakbod  etaman.

Doimo, xonadoningizning fayzu-farishtasi, oqila beka, suyukli yor, dilbandlarimizning mehribon onasi bo‘lib yuring.  Latofat,  baxt, shodlik va omad hamrohingiz bo‘lsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin,  qadrli opa-singillar!

Rahmat Mamatov

Viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik

Text to speech