15 Yanvar 2024 yil 1469

Samarqand viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi bo‘lib o‘tdi

O‘z mustaqilligi, tinchligini asray olgan davlat barqaror rivojalanadi. Tinchlik, xotirjamlik qaror topgan mamlakat gullab-yashnaydi. Vatanni mard va jasur yigitlar himoya qiladi. 

Vatanning har qarich yeri aziz va mo‘tabar. Yurtning asl o‘g‘lonlari-Vatan himoyachilari uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash uchun  o‘z oromidan kechib, ana shu sharafli ishga kamarbasta ekan, ular har doim  xalqimiz ardog‘ida bo‘ladilar. Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan askarlarni doimo e’zozlab, ularning vatan, el-yurt tinchligi yo‘lidagi xizmatlarini sharaflaymiz.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!”  mavzusida o‘tkazilgan Ma’naviyat va ma’rifat darsidaam bu alohida e’tirof etildi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan ma’naviyat va ma’rifat darsida mavzuga doir ma’ruzalarda  ta’kidlandiki, saodatli turmush kechirishimizda, shubhasiz Vatan himoyachilarining o‘rni, shijoati, mardligi va jasorati beqiyos.  Qalbida yurti va xalqiga bo‘lgan sevgisi jo‘sh urgan jasur o‘g‘lonlar azmu shijoat bilan yurt sarhadlarini himoya qilishyapti.  Ming shukr, yurtimiz  tinch, hayotimiz osoyishta, kunlarimiz xotirjam. Sergaklik va hushyorlik bilan tunlari bedor tinch va dorilomon hayotimizni himoya qilayotgan mardlar bor ekan, mamlakatimiz yanada yuksalaveradi. 

Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Eldor Alqarov turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Turizm boshqarmasi xodimi Munis Valiev esa tantanali tarzda nafaqaga kuzatildi. Viloyat IIB jamoasi harbiy tuzilmalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar  o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual bellashuvida faxrli birinchi o‘rinni egallaganligi uchun rahbariyatning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat darsi doirasida bir nafar xodimga muddatidan oldin maxsus unvon berilganligi shaxsiy tarkibga tanishtirilib, sohadagi buyruq, farmoyishlar yetkazildi.

 

 

Text to speech