Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov viloyat IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi
Dastlab, Tibbiyot bo‘limiga qarashli Gospitalning yangi qurilayotgan binosida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan o‘rganildi. Yangidan qurilayotgan binoda sifat va samaradorlikka erishish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Boshqarma boshlig‘i Oqdaryo tumanida bo‘lib, tuman IIB uchun qurilayotgan yangi ma’muriy binoning qurilish jarayoni, qolaversa bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi.
Shundan so‘ng, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasi yonida qurilayotgan tuman 2-son IIB binosining qurilish ishlarini o‘rganildi. Jarayonlar asnosida mas’ullarga ishni tez va sifatli tashkil etishga ahamiyat qaratish zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, Patrul-post xizmati batalonida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik jarayonlari ham ko‘zdan kechirilib, bino shinam va zamonaviy bo‘lishi, bu yerda barcha qulayliklar yaratilishi, bugungi davr talablariga to‘liq javob berishi ham ta’kidlab o‘tildi.
Boshqarma boshlig‘i qurilish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.