17 Aprel 2025 yil 1274

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Oqdaryo tumanidagi 24-sonli umumtaʼlim maktabida oʼrganish ishlari olib borildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʼrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash Samarqand viloyati keng koʼlamli ishlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur ishlar koʼlami Oqdaryo tumanida joylashgan 24-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida ancha sezilmoqda. 

Boshqarma boshligʼi oʼrganishlar davomida maktab hududining obodonlashtirilishi, taʼlim sifati, oʼquvchi va oʼqituvchilar xavfsizligi, hudud infratuzilmasi va maktabning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Tashkiliy va tarbiyaviy-metodik yoʼnalishda ham manzilli yordam koʼrsatish maqsadida masʼul shaxslar belgilandi va ularning muntazam faoliyat koʼrsatishi nazoratga olindi.

Maktab hududi, oʼquv xonalari, kutubxona, oshxona va sport zali koʼzdan kechirildi. Taʼlim dargohining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, oʼqituvchilar bilim va malakasini oshirish, oʼquvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan taklif va mulohazalar oʼrtaga tashlandi.


Text to speech