Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi
Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!
Ko‘klam nafasi ufurgan sari dillarda mehr-oqibat, saxovat, muruvvat kabi ezgu fazilatlar, yaratuvchanlik ishqi jo‘sh urib turgan shu kunda, barchamiz orziqib kutgan Navro‘zi olam yurtimizga kirib keldi.
Navro‘z bayrami ko‘hna va umuminsoniy qadriyat bo‘lishi bilan birga, yasharish va yangilanish ayyomi sifatida ham qadrlidir. Zero Navro‘z biz uchun eng qadimiy, asl milliy, hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatning, ko‘p ming yillik milliy qadriyatlar va boqiy urf-odatlarimizning betakror ifodasidir.
Aziz yurtdoshlar, Sizlarni hammamiz orziqib va sog‘inib kutadigan yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi nomidan samimiy muborakbod etaman.
Sharqona yangi yilimiz har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-omonlik, baxtu saodat hamda fayzu baraka olib kelsin!
Barcha maqsadlarimiz, yaxshi niyat va ulkan rejalarimiz ro‘yobga chiqsin. Vatanimiz yanada obod, hayotimiz hamisha farovon bo‘lsin!
Navro‘z barchamizga qutlug‘ va muborak bo‘lsin!
Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik
Rahmat Mamatov