30 Dekabr 2024 yil 2960

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga hamda “Yangi yil bayrami” tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan barcha xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech