Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Yurt qo‘riganning - yurti buzilmas
Vatan jonimizdek aziz va muqaddas.
Bu so‘zlar dilimizga ona allasi-
yu, oq suti bilan singadi.
Farzandining beshigini tebrata
turib “Bolam er yigit bo‘lsin, sher yigit
bo‘lsin, alpqomat bo‘lib, elning
koriga yarasin, kindik qoni to‘kilgan
joyni yomon ko‘zlardan asrasin,
yurtning himoyachisi bo‘lsin”, -
deb duo qiladi. Vatanni himoya
qilish, uni g‘animlardan asrash har
bir er yigitning burchi.
Qadrli, yurtdoshlar!
Sizlarni 14 yanvar-Vatan himoyachilari
kuni va O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining
33 yilligi bilan viloyat IIB nomidan
muborakbod etaman.
“Yigit omon bo‘lsa, xavf-
u xatar yo‘q!” Darhaqiqat,
armiya saflarida mardonavor saf
tortib, jasorat va matonat ila vatan
himoyasini ko‘z qorchig‘idek
asraydigan Jaloliddin Manguberdi,
Najmiddin Kubrodek o‘g‘lonlarimiz,
harbiy xizmatchilalarimiz, ichki ishlar
organlari xodimlari bor ekan hayotimiz
osuda, tunlarimiz nurafshon, ko‘ngil
xotirjam bo‘ladi, yurtimiz doimo
obod va farovon bo‘laveradi.
Kun-u tun mamlakatimiz sarhadlarida
sergak turib yurt himoyasiga
kamarbasta osoyishtalik posbonlari,
Vatan himoyachilari omon bo‘lishsin.
Serquyosh osmonimiz uzra tinchlik abadiy bo‘lsin.
Rahmat Mamatov
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i