14 Fevral 2024 yil 2254

Samarqand viloyati IIB: Davlat kadastrlar palatasi Oqdaryo tuman filiali xodimi qo‘lga olindi

Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Oqdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

1985 yilda tug‘ilgan, Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi Oqdaryo tuman filiali xodimi T.D. fuqarodan u tomonidan sotib olinayotgan Oqdaryo tumani Paxtabod mahallasida joylashgan turar-joy toifasidagi 0,30 gektar yer maydonini noturar toifaga o‘tkazish hamda kelgusida uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 19.200.000 so‘m miqdoridagi pullarni talab qilib, Davlat kadastrlar palatasi Oqdaryo tuman filiali binosidagi o‘z xizmat xonasida 12.550.000 so‘m kimyoviy ishlov berilgan pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Holat yuzasidan O‘zbekiston Respubilikasi JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech