10 Fevral 2024 yil 1096

Samarqand viloyati IIB xodimlari uchun teatr tomoshasi tashkil etildi

Samarqand viloyati IIB xodimlari uchun teatr tomoshasi tashkil etildi.

Erta tongdan xodimlar viloyat musiqali drama teatriga yig‘ilishdi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari hamda boshqarma shaxsiy tarkibi uchun teatrlashtirilgan tomosha ko‘rsatildi.

Mazkur spektakl viloyat IIB xodimlarning ma’naviy dam olishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Maroqli hordiq chiqarish ish unumdorligini kuchaytiradi. hayotiy tashvishlarni o‘zida mujassam etgan spektaklni xodimlar zo‘r qiziqish va chuqur hayajon bilan tomosha qilishdi. Teatr aktyorlari tomonidan mohirona ijro etilgan obraz va personajlar barchada katta taassurot qoldirdi.

Ushbu teatrlashtirilgan qiziqarli tomosha ancha vaqtgacha xodimlarning esidan chiqmasligi tayin. Bu ularning yaxshi kayfiyatda xizmat olib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

Text to speech