5 Iyun 2025 yil
951
Samarqand viloyati IIB xodimlari Qurbon hayiti munosabati bilan sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar hamda vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olishdi
Xalqimizning insoniylik tuyg‘ulari tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugun ham insonparvarlik tamoyillari eng ezgu odatlarimiz sirasiga kiradi.
Samarqand viloyati IIB rahbar-xodimlari Qurbon hayiti munosabati bilan sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar hamda vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olishdi.
Vafot etgan va nogironligi bo‘lgan faxriylarning yashash xonadonlarida bo‘lib, ularning va oila a’zolarining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Boshqarma xodimlari ular bilan samimiy suhbatlar qurib, ulug‘ ayyom kunlarida ularning kayfiyatini ko‘tarishdi. Bu yo‘qlovdan ularning ham boshlari ko‘kka yetishdi.
Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.