5 Fevral 2024 yil 694

Samarqand viloyati IIB rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari hamda ularning ota-onalari bilan amaliyot oldi uchrashuvi o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tinglovchilari Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida amaliyot o‘tash uchun yetib kelishdi.

Tinglovchilar bilan Samarqand viloyati IIB rahbariyati uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda kursantlar va ularning ota-onalari, ichki ishlar organlari faxriylari hamda sohaviy xizmatlari vakillari ishtirok etdi.

Tinglovchilar tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov, ekspert-kriminalistika, xizmat faoliyatini psixoligik ta’minlash, hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyatlari bo‘yicha amaliyot o‘tashadi.

Bu yerda ular tizimda uzoq yillar xizmat qilgan tajribali xodimlar murabbiyligi ostida belgilangan dasturlar asosida mashg‘ulotlar o‘taydi.

Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, Ichki ishlar vazirligi ShXBB Samarqand viloyati boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi mas’ullari hamda faxriylar kursantlarni shaxsiy xavfsizligi, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishi borasida o‘z maslahat va tavsiyalarini berishdi.

Amaliyot davomida har xil salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tartib-intizom normalarini ta’minlashda murabbiylarning hushyorligini yanada oshirish uchun ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Amaliyotga biriktirilgan kursantlarni belgilangan xizmat kiyimlarida, xizmatga o‘z vaqtida kelib-ketishi, biriktirilgan murabbiylarni shaxsan mas’ul ekanligi borasida ham yana bir bor ogohlantirib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida namunali kursantlar va ularning ota-onalariga Akademiyaning faxriy yorliqlari va tashakkurnomalar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

 

Text to speech