1 Dekabr 2024 yil 8996

Samarqand viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining patrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 29-noyabr 
kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda 
Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr 
kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida
tashkil etiladi.

Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati
va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning
xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir
bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy
fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan
nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha 
Samarqand viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki
safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan
katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 170 (bir yuz yetmish ) santimetrdan
past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli (qizil)
diplom bilan tamomlagan;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan;
- Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya
va Osiyo o‘yinlari, jahon va 
Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt
yilda hamda respublika chempionatlarida 
oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor 
(1-3 o‘rin) bo‘lganlar va sportning 
individual turlarida g‘olib bo‘lganlar;
- xizmat majburiyatlarini bajarish 
chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari 
xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari.
Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat 
onlayn tarzda qabul qilinadi. 

Joriy
 yilning 17-dekabr kunidan 2025-yil
15-yanvar kuniga qadar murojaat
qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi
 va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Samarqand 
viloyati Ichki ishlar boshqarmasining telegram 
rasmiy sayti, viloyatdagi boshqa 
ommaviy axborot vositalari hamda yoki 
66-223-57-57 va 97-921-85-82 telefon 
raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Text to speech