5 Fevral 2024 yil 580

Samarqand viloyati IIB Tashkiliy boshqarma va uning hududiy bo‘limlari xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Samarqand viloyati IIB Tashkiliy boshqarma bo‘linmalari tezkor boshqaruv markazi, barcha tarkibiy va hududiy ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Unda xodimlar bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari, amaldagi buyruqlarni o‘qitish bo‘yicha darslar tashkil etilmoqda.

Soha xodimlari bilan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish borasida yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama etilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar intizomiy jazolanishi bo‘yicha ogohlantirib o‘tildi.

Xizmat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish, vazirlik va Boshqarma tomonidan nazoratga olingan hujjatlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech