Samarqand viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining patrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha Samarqand viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 170 (bir yuz yetmish ) santimetrdan past bo‘lmagan;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari;
- harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari;
- profilaktika inspektorlarining yordamchilari,
- oliy ta’lim muassasalarini tamomlaganlar.
Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. 2025-yil 24-yanvar kunidan 05-fevral kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalari, boshqa ommaviy axborot vositalari hamda yoki 66-223-57-57 va 66-223-59-41 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati