29 Fevral 2024 yil
1296
Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi xodim va shifokorlari bilan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati IIB majlislar zalida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik F.Yusupov tomonidan Tibbiyot bo‘limi xodim va shifokorlari shuningdek, sohaning hamda tegishli xodimlari bilan muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda sohaning har bir xodimi xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishi, korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Xodimlar va ularning oila a`zolarini salomatligini saqlash borasidagi vazifalar va bu borada yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.