Samarqand viloyati IIB jamoasi "Ajdodlar izidan" kitobxonlik tanlovining respublika bosqichi sovrindori
Joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy va boshqa intellektual tadbirlar tashkil etilmoqda.
Yosh xodimlarni kitob mutolasiga oshno qilish, ularning ma’naviy, ilmiy va tarixiy bilimlarini yanada boyitish maqsadida Andijon viloyatida "Ajdodlar izidan" kitobxonlik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Unda respublikaning barcha ma’muriy birliklarida birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jomoalar o‘zaro bellashishdi.
Qizg‘in baxs va munozaralarga boy bo‘lgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Andijon viloyati IIB jamoasi, 2-o‘rinni Buxoro viloyati IIB jamoasi hamda 3-o‘rinni Samarqand viloyati IIB jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.