Samarqand viloyati IIB jamoasi – “Yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi”
Navoiy viloyatida o‘tkazilgan Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarning V respublika yoshlar forumi yakuniga yetdi. 170 nafar yosh xodimlar ishtiroki taʼminlangan va 3 kun forum doirasida oʻtkazilgan musobaqalarda qatnashchilarning natijalari mutaxassislar tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholab borildi.
Yakuniy natijalarga koʻra, “Zakovat Quiz” intellektual oʻyinida 1-oʻrinni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, “Taktik triatlon» musobaqasi boʻyicha Buxoro viloyati IIB yosh xodimlari jamoasi munosib koʻrilgan boʻlsa, “Eng yaxshi paramedik” shartida Navoiy viloyati IIB yoshlari hamda “Yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi” sifatida Samarqand viloyati IIB jamoasi vakillari eʼtirof etildi. Shuningdek, Samarqand viloyati IIB jamoasi "Jangovar marsh" musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yurt osoyishtaligini taʼminlashga masʼul yosh xodimlar mazkur forumda nafaqat jismonan va maʼnan kuch sinashdilar balki, kasbiy bilim va malaka almashdilar. “Yoshlar oyligi“ munosabati bilan oʻtkazilgan forum oʻzaro hamjihatlik va birdamlikda erishilgan gʻalaba maydoni boʻldi.
G‘oliblar diplom, pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.