Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan 1 kg giyohvandlik moddasini 10.000 AQSh dollari evaziga sotayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi
«Qoradori-2025» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Samarqand viloyati IIB TQX JQB “Gihyovandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Urgut tumanida yashovchi shaxs o‘zining tanishlariga 1 gr giyohvandlik moddasini 130.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan.
Olingan ma’lumotga asosan 2025-yil 18-iyun kuni Samarqand shahar Galaosiyo mahallasida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Urgut tumanida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Urgut tumanida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan tanishi bilan birgalikda tadbirga shartli xaridor sifatida qatnashgan fuqaroga 1 kg giyohvandlik moddasini 10.000 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikkala fuqaroga ham qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati