Samarqand viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov avf etilgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil4-dekabrdagi “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon
bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi
Farmoniga asosan Samarqand viloyati bo‘yicha Jazoni ijro etish muassasalaridan 28
nafar shaxslar avf etilgan bo‘lib, shundan 22 nafari jazodan to‘liq ozod etilgan.
Davlatimiz tomonidan afv etilganlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha manzilli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda Samarqand viloyati
IIBda boshqarma boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov hamda viloyat hokimi o‘rinbosari
ishtirokida avf etilgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni ijtimoiy hayotga
moslashuvini taminlash hamda mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha suhbatlar olib
borildi.
Uchrashuvda mazkur shaxslarning
ishga joylashishi, foydali mehnatga jalb etilishi, qolaversa ijtimoiy hayotga moslashishi
bugunning dolzarb masalasi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Bugun barcha afv etilganlar o‘z
oilasining bag‘rida. Oila a’zolarining xursandchiligi, ularning yuzlaridagi quvonch
ertangi kunga ishonch o‘yg‘otadi.
Uchrashuv so‘ngida mas’ullarga
tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab
olindi.