29 Mart 2025 yil
534
Samarqand viloyati IIBda boshqarma rahbariyati tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi
Bo‘lib o‘tgan qabulda fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarga barham berish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal qilish, shuningdek yurtdoshlarimizning og‘irini yengil qilishdek ezgu ishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Qabul jarayonlarida tergov, oilaviy nizolar, ichki ishlar organlariga ishga kirish, firibgarlik va boshqa masalalarda fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaatchining fikri tinglanib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga o‘z vaqtida, adolatli va vijdonan o‘rganib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Aholi murojaatlari bilan bog‘liq qabullar ichki ishlar organlarida muntazam o‘tkazilishi belgilangan.