19 Fevral 2024 yil
463
Samarqand viloyati IIBda xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati IIB majlislar zalida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik F.Yusupov tomonidan shahar-tuman IIB boshliqlarining o‘rinbosarlari hamda tegishli soha xodimlari bilan muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda sohaning har bir xodimi xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishi, korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Sohadagi dolzarb masalalar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.